Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 800—10 820 so‘mga sotib olishni, 10 880 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord bir kun oldin — 13-dekabr kuni o‘rnatilgan edi — 1 AQSh dollarining kursi 10 860 so‘mga chiqqan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

Dollar kursi noyabr o‘rtalaridan boshlab keskin o‘sishni boshlagan. 29-noyabr kuni 10 830 so‘mga qadar, 30-noyabr kuni 10 840 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. Markaziy bank 14-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 826,29 so‘mni tashkil qildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *