“Gazeta.uz” O‘rta Chirchiq tumani Xalq deputatlari kengashi deputati Feruza Babashevaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosi va so‘nggi haftalarda uning atrofida sodir bo‘layotgan voqealar tafsilotini o‘rgandi.

Foto: Facebook / Feruza Babasheva

15-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi, tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan Feruza Babashevaning noma’lum erkak bilan to‘shakda yotgani aks etgan kadrlar tarqaldi.

Ertasi kuni Toshkent viloyati IIBB 2-oktabr kuni boshqarma tezkor xodimlari mahalliy aholidan birining arizasiga ko‘ra dachalardan birida tekshiruv o‘tkazib, u yerda F.B. (ayol) va D.Sh.(erkak) jinsiy aloqada bo‘layotgani aniqlanganini ma’lum qildi. Bayonotda aytilishicha, IIBB videoning tarqalishi bilan bog‘liq holatlarni o‘rganmoqda.РЕКЛАМАВключить звукReklamani yopish

Feruza Babashevaning aytishicha, o‘sha kuni uni uch soat ushlab turishgan (boshqalarni qo‘yib yuborishgan), jim yurishi haqida tushuntirish va kafolat xati yozishga majburlamoqchi bo‘lishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning barmog‘i singan. U o‘zini qo‘llab-quvvatlayotgan xalqdan uzr so‘rab, ichki ishlar organlarining “vijdonsiz va pastkash” xodimlari va rahbarlarini javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlagan.

Taniqli blogerlar, deputatlar, jamoat tashkilotlari vakillari Feruza Babashevani himoya qilib chiqdi. Payshanba kuni komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi, unda uni deputatlik daxlsizligidan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Feruza Babasheva kim?

Foto: “Effect.uz”

Feruza Babasheva XDP O‘rta Chirchiq tuman kengashi raisligiga tayinlanib, deputatlikka saylanguniga qadar uzoq yillar xalq va maktabgacha ta’lim sohasida mehnat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 12 yil davomida maktab direktori, keyin esa xalq va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

Deputatlik faoliyatiga to‘xtalar ekan, xalq murojaatlari bilan ishlagan odam mutasaddilarga yoqmasligini ta’kidlagan. Uning fikricha, ularga qarsak chalib, “qo‘l ko‘taradigan” deputatlar yoqadi, lekin u bunday bo‘lishni xohlamaydi.

U o‘zining Telegram kanalida va Facebook sahifasida tez-tez fuqarolar murojaatlarini e’lon qiladi, muammoni o‘rganish uchun joylarga boradi, onlayn-translyatsiyalar o‘tkazib, ko‘pincha mansabdor shaxslarni, hatto Senat raisi Tanzila Narboyevani ham (parlament yuqori palatasi kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiradi) tanqid qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *